Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aguero ketishidan avval «Barselona»ga katta sovg‘a qoldirdi

Aguero ketishidan avval «Barselona»ga katta sovg‘a qoldirdi

Foto: «Getty Images»

Salomatligi to‘g‘ri kelmagani uchun futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘lgan «Barselona» forvardi Serxio Aguero ketishidan avval jamoasiga katta sovg‘a tayyorladi — tuzilgan shartnoma bo‘yicha olishi kerak bo‘lgan katta mablag‘dan voz kechdi.

Eslatib o‘tamiz, yuragidagi muammo bois, Aguero 15-dekabr kuni jamoa bilan shartnomasini bekor qilishini va futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Kataloniyaliklar argentinalik futbolchiga katta mablag‘ to‘lab berishlari shart edi, biroq futbolchi buni rad etdi.

«Sport.es» nashri aniqlik kiritishicha, argentinalik «Barselona» bilan ikkinchi yil uchun tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan ulush hamda joriy mavsum uchun maoshining bir qismidan voz kechgan. Chunki 2021-yil yozida kelganidan beri «Barselona» safida atigi beshta o‘yinda maydonga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring