Futbol mukofotiga Serxio Aguero nomi berildi
Argentina kubogining eng yaxshi to‘purari mukofoti endi Serxio Aguero nomi bilan yuritiladi. Bu haqda mamlakat futbol uyushmasi prezidenti Klaudio Tapiya ma’lum qildi.
«Bu xushxabar bo‘lishdan ham ko‘ra haqiqiy hurmat belgisidir. Argentina kubogining eng yaxshi to‘purari mukofoti endi Serxio Aguero nomi ostida beriladi», degan prezident Argentina kubogi-2022 musobaqasiga qur’a tashlash marosimida.
Yozgi transfer paytida «Barselona»ga borib qo‘shilgan 33 yoshli Aguero yuragidagi muammo sababli futbolni tark etishga majbur bo‘lgandi. Bungacha esa u 10 yil davomida «Manchester Siti» jamoasi sharafini himoya qilgan.
Argentina terma jamoasi safida olimpiada chempioni (2008) bo‘lgan, 2014 yildagi jahon chempionati finalchisi va 2021 yildagi Amerika kubogi sohibiga aylangan. 51 ta o‘yinda 16 marta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter