«Barselona» safiga nomdor hujumchi qo‘shildi

«Barselona» hujumchi Serxio Aguero bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati.
Aguero «Barselona»ga erkin agent sifatida o‘tdi. 32 yoshli argentinalik bilan kelishuv 2022/23 yilgi mavsum oxiriga qadar davom etadi. Futbolchi Kataloniya jamoasiga 1 iyuldan kelib qo‘shiladi. Shartnoma uchun tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter