Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AFC U23. O‘zbekiston Yaponiyani yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

AFC U23. O‘zbekiston Yaponiyani yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalining dastlabki uchrashuvi yakunlandi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyani yirik — 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda Ravshan Haydarov shogirdlari ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi va nomdor raqibi darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘llashdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Olimpiya terma jamoamiz ustunlikni saqlab qoldi va yana bir gol kiritgan holda xotirjamlik bilan bahsni yakuniga yetkazdi.

Osiyo Chempionati U23. Chorak final.

Yaponiya — O‘zbekiston 0:4

Gollar: Javohir Siddiqov, 31 (0:1). Doston Hamdamov, 34 (0:2). Jasur Yaxshiboyev, 39 (0:3). Jasur Yaxshiboyev, 47 (0:4).

Yaponiya: Riyosuki Kojima, So Fujitani, Teruki Hara, Kiyosuki Tagava, Keyta Endo, Yuto Ivasaki, Takagi Akito, Shion Inoue (Xiroki Ito 68), Yuta Kamiy(s), Taiyo Koga, Yugo Tatsuta.

O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 86), Jasur Yaxshiboyev, Zabihillo O‘rinboyev (Doniyor Narzullayev, 82), Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov, 75), Doston Hamdamov, Dostonbek Tursunov.

Uchrashuvning videosharhi:

Uchrashuv statistikasi:

Olimpiyachilarimizning yarim finaldagi raqibi ertaga — Janubiy Koreya va Malayziya bahsida aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring