Hasanboy Do‘smatov raqibini 1-raunddayoq ringga qulatdi

Hasanboy Do‘smatov (2-0, 2 KO) Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda Hasanboyga Rossiya nomidan ringga ko‘tarilgan asli o‘zbekistonlik Odiljon Sotqinov (0-1) raqiblik qildi. Hasanboy jangning 1-raundidayoq raqibini to‘rt bor nokdaun holatiga tushirdi. Holat takrorlanavergach, hakam jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa Hasanboy professional boksdagi 2-jangini ham muddatidan avvalgi g‘alaba bilan yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter