Shavkat Mirziyoyev Hasanboy Do‘smatov va Ulug‘bek Rashitov bilan gaplashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov va bokschimiz Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari sportchilarni qizg‘in tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
"Yigitlarimizning dadil va ishonchli chiqishlari, yuksak mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi bo‘lgani, Yangi O‘zbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgani, xalqimizga ulkan kuch va g‘urur bag‘ishlaganini ta’kidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi" deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov alohida e’tibor va yuksak ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor etib, g‘alabalarini Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashlarini aytdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter