Zelenskiy Xitoy rahbari bilan suhbatdan keyin nima dedi?
Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu ikki davlat rahbarlarining 2022 yil fevralidan buyon ilk bor suhbati hisoblanadi.
Si Szinpinning aytishicha, Xitoy Ukraina inqirozida doimo tinchlik tarafida bo‘lgan, Pekinning asosiy pozitsiyasi muzokaralarga yordam berishdir. Xitoy rahbarining aytishicha, Pekin Ukrainaga maxsus vakil yuboradi va mojaroni hal qilish uchun barcha tomonlar bilan muzokaralar olib boradi.
Vladimir Zelenskiyning aytishicha, uning Si Szinpin bilan suhbati uzun va mazmunli bo‘lgan. Ukraina prezidenti undan «ikki tomonlama munosabatlar rivojiga kuchli turtki» berishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida XXR rahbari Moskvaga tashrif buyurib, Putin bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter