Zarafshon shahri kengaytiriladi, yangi «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Navoiyda bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatdagi uy-joy muammosini ko‘tardi.
— Hozirgi kunda viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ushbu masala Navoiy va Zarafshon shaharlarida o‘ta dolzarb. Shu bilan birga, kelgusi besh yilda Navoiy aholisi kamida 150 ming nafarga oshadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, Navoiy viloyatida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Navoiy shahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’yektlar barpo etiladi;
- Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qo‘shimcha 30 ming aholi yashashi uchun, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan, «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi;
- boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter