Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi vazir Falastin elchisini qabul qildi

Yangi vazir Falastin elchisini qabul qildi

Foto: TIV matbuot xizmati.

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Falastinning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Javad Muhammad Avadni qabul qildi.

V.Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Norovga kecha, 27 aprel kuni prezidentning tegishli farmoni bilan tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring