Isroil G‘arbiy sohilda minglab uylar quradi — Al Jazeera

Isroil Iordan daryosining bosib olingan G‘arbiy sohilida minglab uylar quradi. Bu haqda 17-fevral kuni Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, G‘arbiy sohilda yangi uylar qurilishi qattiq choralar tarafdori bo‘lgan isroilliklar tomonidan tashkillashtirilmoqda. Bu siyosat Isroil hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Qurilishni falastinliklar va ayrim xalqaro tashkilotlar tinchlik yo‘lidagi to‘siq deya baholashdi.
Loyihaga ko‘ra, isroilliklar yashovchi Efrat maskani aholisi soni 40 foizga ko‘payadi. Bu joy Quddusdan 12 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Ma’lumot uchun: Sharqiy Quddus, G‘arbiy sohil va G‘azo sektorini Isroil 1967-yildagi urush payti bosib olgan. Xalqaro huquqqa ko‘ra, Isroil bu hududlarda aholi maskanlari qurishi noqonuniydir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter