Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladivostok shahrida O‘zbekiston konsulxonasi ochildi

Vladivostok shahrida O‘zbekiston konsulxonasi ochildi

Foto:«Mfa.uz»

Bugun 1-mart kuni Vladivostok shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ochilish marosimida Rossiyaning Primore o‘lkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ham qatnashib, O‘zbekiston tomoni bilan savdo-iqtisodiy va turizm bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Konsulxona haftaning uch kuni: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10 dan 17 gacha faoliyat yuritadi.

O‘tgan yili martda Sankt-Peterburgda, noyabr oyida  Rostov-Don shahrida ham O‘zbekiston konsulxonasi ochilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring