Vladivostok shahrida O‘zbekiston konsulxonasi ochildi
Bugun 1-mart kuni Vladivostok shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ochilish marosimida Rossiyaning Primore o‘lkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ham qatnashib, O‘zbekiston tomoni bilan savdo-iqtisodiy va turizm bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Konsulxona haftaning uch kuni: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10 dan 17 gacha faoliyat yuritadi.
O‘tgan yili martda Sankt-Peterburgda, noyabr oyida Rostov-Don shahrida ham O‘zbekiston konsulxonasi ochilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter