Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga tayyor (foto)

Turkmaniston Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga tayyor (foto)

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-21-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif doirasida iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarga oid 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Asosiy e’tibor O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yanada mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida kooperatsiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.

Tashrif yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif davomida Ashxobod shahrida «Toshkent» bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring