Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu mamlakatimizga keldi.
Bu haqda TIV rasmiy vakili xabar berdi.
U 2-avgust kuni Toshkentda tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport uchun mas’ul vazirliklar rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya» muloqotining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha uch davlat ishtirokida yangi formatda yig‘ilish o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter