Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

«Biz Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdik. Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik muhiti barcha sohalarda yaqin hamkorlik qilish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan janob elchiga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladik», dech yozgan Saidov.

Eslatib o‘tamiz, Olgan Bekar 2021-yildan buyon Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Xabar.uz bir necha yil avval elchi bilan eksklyuziv intervyu uyushtirgandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring