Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp o‘zi haqida kitob yozgan muallifni «ruhiy kasal» deb atadi

Tramp o‘zi haqida kitob yozgan muallifni «ruhiy kasal» deb atadi

Foto: «Infox.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi haqidagi shov-shuvli kitob muallifi – Maykl Vulffni  «ruhiy kasal» deb atadi. Bu haqida «infox.ru» xabar tarqatdi.

Tramp, shuningdek Vulffni yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda, OAVni esa «aqldan ozganlik»da aybladi. «Ular ruhiy kasal muallifning yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan kitobini targ‘ib qilishmoqda. Yetakchi OAVlar saylovlarda biz g‘olib chiqqanimizga aqldan ozishyapti», –  deb yozgan Tramp o‘zining «Twitter»dagi akkauntida.

«Fire and Fury: Inside the Trump White House» kitobi 9-yanvarda sotuvga chiqqandi va darhol AQShda bestsellerga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring