Tashqi ishlar vaziri Hindistonga boradi
2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi «Raisina Dialogue» 5 xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter