Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanday yoziladi?

Siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanday yoziladi?

Foto: «gedesco»

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i (2018-yil 10-mayda 3008-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Norma».

Nashrning eslatishicha, uni olish tartib-taomillari  O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2017-yil 29-maydagi PF–5060-son Farmonga ilova) bilan belgilanadi. 

Hujjatda o‘zi to‘g‘risidagi standart ma’lumotlardan (F.I.O., tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, millati va pasport ma’lumotlari) tashqari shaxs boshqa davlatda yoki yashash joyida nimalar uchun ta’qib qilinayotganligini, shuningdek bunday xavf yuzaga kelishi sabablarini ko‘rsatish talab etiladi.

Bundan tashqari, iltimosnomada siyosiy boshpana so‘ralayotgan yaqin qarindoshlarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu holda ular ham iltimosnomani imzolashlari kerak bo‘ladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yil 10-maydan kuchga kirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring