Davlat to‘ntarishida qatnashgan turkiyalik harbiylardan biriga Gretsiyada siyosiy boshpana berildi
2016-yilning iyul oyida Turkiyada amaldagi hokimiyatni ag‘darib tashlash maqsadida davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Shundan keyin bir necha harbiy Gretsiya hududiga qochib o‘tgan edi. O‘sha harbiylardan biriga kuni kecha Gretsiyada siyosiy boshpana berildi, deb xabar bermoqda «Euronews».
Mustaqil instansiya sudi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror rasmiy Anqaraning g‘azabini keltirdi va Afinani noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Gretsiya hukumati o‘z navbatida tashkilotdan qarorini bekor qilishni so‘radi. Ammo siyosiy boshpana bergan sud Turkiyada inson huquqlari doimiy ravishda buzilishini, mabodo turkiyalik harbiy vataniga ekstraditsiya qilinadigan bo‘lsa, hayoti xavf ostdia qolishini aytib o‘tdi. Shuningdek, sudyalar ushbu harbiyning davlat to‘ntarishiga aloqadorligini isbotlovchi dalillar yetarli emasligini aytmoqdalar.
Amalga oshmay qolgan davlat to‘natirishidan so‘ng u bilan birga yana 7 kishi Turkiya chegarasidagi Aleksandropulus shahriga vertolyotda uchib kelgan. Qolgan yetti kishi ham siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi qarorni kutib turishibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter