Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi.

2022-yilning 26 aprel kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Shvetsiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) etib tayinlangan Tomas Danestadni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shvetsiya kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring