Shavkat Mirziyoyevning Ashxobodda kutib olinishi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Ashxobod xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Botir Atdayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter