Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning yangi prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni muhim siyosiy tadbir — Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni esa saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini to‘plab, Turkmanistonning keyingi yetti yillikdagi prezidenti etib saylandi.
Serdar Berdimuhamedov ushbu yilning boshlarida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter