Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Si Szinpinni kutib oldi
14-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlatimiz rahbari kutib oldi.
Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentyabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter