Boj urushlarida g‘olib bo‘lmaydi — Si Szinpin

«Tarif urushlarida g‘olib bo‘lmaydi, dunyoga qarshi borsang — yakkalanib qolasan». XXR raisi Si Szinpin Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda AQShning import bojlariga shunday munosabat bildirdi.
Si Szinpinning ta’kidlashicha, Xitoy so‘nggi 70 yilda faqat mustaqillik va mashaqqatli mehnat evaziga taraqqiyotga erishdi. Mamlakat hech qachon birovdan marhamat kutmadi va tahdidlardan cho‘chimadi.
Xitoy ishonch va xotirjamlikni yo‘qotmasdan, o‘z yo‘lida davom etadi, dedi Si.
AQSh prezidenti Donald Tramp import uchun yangi tariflarni joriy etishiga javoban, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevroittifoqni Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga chorlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 10 apreldan Xitoy mahsulotlari uchun import bojini 145 foizgacha oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter