Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun, 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bilasiz, davlatimiz rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bugundan boshlanadi. Musobaqaning ochilish marosimidan so‘ng 20:00da Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter