Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqi va rahbariyatiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Kerala shtatida ro‘y bergan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Hindiston xalqiga hamdardlik bildirib, Prezident Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modiga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Hindistonning sobiq Bosh vaziri Atal Bixari Vajpaining vafoti munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modiga ham hamdardlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter