Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Shamuratov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugunga qadar Baxtiyor Shamuratov Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hokim Nozim Husanov Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimini egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter