Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bugun yana Sadir Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev bugun yana Sadir Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda kuni kecha o‘tgan muloqotlar davomi sifatida ikki davlat rahbarlari Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.

O‘z vaqtida ko‘rilgan va o‘zaro muvofiqlashgan sa’y-harakatlar tufayli davlat chegarasi qismidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgani va uning keskinlashishiga yo‘l qo‘yilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha masalalarni birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali birgalikda hal qilish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kuni ham Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring