Qonunchilik palatasi spikeriga ayol o‘rinbosar saylandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqdilar.
Majlisda Spiker o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga nomzod ko‘rib chiqildi.
Ushbu lavozimga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimovaning nomzodi qo‘yildi. Z. Ibragimovaning nomzodi ko‘pchilikning ovozi bilan Spiker o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter