Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi
Toshkent shahrida yangi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi boshlandi. Majlisni tartibga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizomxo‘jayev ochib berdi.
Majlisda, jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, quyi palata a’zolari Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod ko‘rsatish uchun deputatlar orasidan Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzdilar.
Qisqa tanaffusdan so‘ng, Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zXDP dan saylangan Nuriddin Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter