Prezidentning joriy haftadagi rejalari ma’lum qilindi
Prezident matbot xizmati rahbari Sherzod Asadov davlat rahbarining bir haftalik faoliyati bo‘yicha ma’lumot berdi. Unda Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish rejasi ham o‘rin olgan.
Ushbu hafta texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Berdeni qabul qiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Ayni daqiqalarda Prezident Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter