Prezidentni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)
![Prezidentni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/4/5/720_460_95_453636444.jpg)
6 iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejab Toyyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter