Prezidentlar «Ichan qal’a»ni aylanishdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Ichan qal’a»ni tomosha qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmonga ushbu qadamjolar tarixi, bu yerda sayyohlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Davlat rahbarlari Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
Prezidentlar buyuk turkman shoiri Maxtumquli tahsil olgan Sherg‘ozixon madrasasini ham kirib ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov «Ichan qal’a» yaqinidagi Nurillaboy tarixiy majmuasini tomosha qildi.
Ushbu qadimiy saroy O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi qaroriga muvofiq rekonstruksiya va restavratsiya qilingan. Badiiy galereya, qabullar uyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy oshxona barpo etilgan.
Turkmaniston Prezidenti ajdodlarimizning bunyodkorlik zakosi, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter