Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qasamyod qabul qildi

Prezident qasamyod qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 6 noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev o‘ng qo‘lini O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va muqaddas Qur’oni Karim ustiga qo‘yib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish haqida qasamyod qildi:

«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

Davlat rahbari qasamyoddan so‘ng so‘zlagan nutqida o‘ziga ishonch bildirgan O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

— Avvalo, menga ulkan ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylagan barcha yurtdoshlarimga, chin qalbimdan minnatdorlik izhor etib, mehnatkash, olijanob va bag‘rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman.

Jonajon Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan davlat bayrog‘imiz, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘iga yuksak hurmat bajo keltiraman, — dedi Shavkat Mirziyoyev qasamyoddan so‘ng so‘zlagan nutqida.

Xabar.uz axborot tahliliy portali marosimdan ma’lumot berib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring