Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga bosh direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Shuhrat Abdusharifovich Vafayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bugun, 9-sentyabr kuni, Prezidentning tegishli farmoni bilan, Strategik rivojlanish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etilgan edi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqish, ularni tashkil etish va nazorat qilish belgilanmoqda.
Shuningdek, islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘rish ham agentlik vazifalaridan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter