Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi. Jumladan, Agentlik aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni transformatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi.

Bu borada joriy yil 8-noyabr kuni Prezidentning PF–190-son farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, shuningdek, Agenlikka ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega yo‘nalishlarda xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o‘rganishni tashkil qilib, ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi ham yuklanyapti.

Shu bilan birga, Agentlik:

  • xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring