Prezident farmoyishiga ko‘ra vatanparvarlik oyligi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.
Farmoyishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Vatanparvarlik oyligi» davomida «Harbiy-vatanparvarlik karvonlari»ning ta’lim muassasalariga tashrifini uyushtirish, o‘spirin yoshlar o‘rtasida «Men, albatta harbiy bo‘laman!» tanlovini o‘tkazish, Yoshlar «Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi «Eng yaxshi selfi» tanlovini tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik «Eng yaxshi mahalla» va «Eng yaxshi Jasorat klubi» tanlovini o‘tkazish kabi ko‘plab vazifalar ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter