Konstitutsiya va davlat tiliga bag‘ishlangan umumrespublika diktanti tashkil etiladi – Preident farmoyishi
Joriy yilda nishonlanadigan Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
Bugun, 16-noyabr kuni imzolangan Prezidentning F–72-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat tashkilotlarida «Mening Konstitutsiyam 31 yoshda» shiori ostida «Mening Konstitutsiyam va davlat tilim» mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi hamda jurnalist va blogerlar o‘rtasida «Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola» tanlovi o‘tkaziladi.
Shuningdek:
- tuman va shahar markazlarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi;
- yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada Brayl alifbosida nashr etiladi;
- Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Xalq Konstitutsiyas», «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi», «Konstitutsiya – kelajagim mash’ali» mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter