Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maslahatchilari bo‘yicha tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident maslahatchilari bo‘yicha tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Prezident maslahatchilari bo‘yicha tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

– Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Abdusalom Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

– Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

– Adxam Muratovich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;

– Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring