Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikol Pashinyan O‘zbekistonga kelmaydi

Nikol Pashinyan O‘zbekistonga kelmaydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga kelmaydi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Pashinyanning kelmasligi mamlakatning Ozarbayjon bilan chegarasida holat bilan bog‘liq. 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon va Armaniston ShHT hamkor davlatlari hisoblanadi. 

Pashinyanning xabar berishicha, Ozarbayjon bilan chegarada 105 nafardan ziyod arman harbiysi halok bo‘lgan. Mamlakat rahbariyati vaziyat yuzasidan KXShTga ham murojaat qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring