O‘zbekona do‘ppi va zarchopon kiygan ingliz qiroli (foto)
8-sentyabr kuni qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li – Uels shahzodasi Charlz Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi taxtini egalladi. An’anaga ko‘ra, ingliz tojdorlari Karl, Filip, Artur, Georg kabi to‘rt ismdan birini rasmiy nom o‘laroq tanlashi kerak. 73 yoshli valiahd Charlz rasman Karl III nomi bilan taxtga chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, yangi qirol hali shahzodalik payti, 1996-yilning 12-noyabrida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Toshkentda Buyuk Britaniya elchixonasini rasman ochib bergan qirollik oilasi vakili prezident Islom Karimov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Muxtorjon Abdullayev bilan uchrashgan. Tashrif davomida u Samarqand va Buxoroni ham ziyorat qilgan.
Quyida shahzoda Charlzning (endilikda qirol Karl III) O‘zbekistonga tashrifiga doir ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Suratlar Getty Images arxividan olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter