O‘zbekistonning sobiq elchisi yangi lavozimga tayinlandi

Hukumat qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni bilan kiritilgan edi.
Komil Rashidov avval O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter