O‘zbekistonda Energetika vazirligi tuzildi
Energetika, jumladan, elektr energiya, neft va gaz sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish bo‘yicha yangi vakolatli organ — Energetika vazirligi tuzildi. Bu haqda Telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi.
Tegishli hujjatga muvofiq, energetika sohasida «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari Alisher Sultonov yangi tashkil etilgan vazirlikni boshqarishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter