O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraislari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraislari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi Go Shenkun o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston hukumati rahbari Go Shenkunni yaqinlashib kelayotgan milliy bayram — Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 71 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining yangi sur’atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi hamda Xitoy tomonidan pandemiya davrida ko‘rsatilgan insonparvalik yordami uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida qaror topgan samimiy hamda yaqin do‘stona munosabatlar hamkorlik aloqalarini har jihatdan mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraislari suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildi.
Go Shenkun mazkur masalalarda Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yangi mazmun bilan boyitishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Raqamli iqtisodiyot, axborot kommunikatsiyalari, tibbiyot, agrotexnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi.
Suhbat yakunida tomonlar O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 6-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarisi kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter