Nazarboyev vazirlarga rus tilida gapirishni taqiqladi

Qozog‘istonda Vazirlar mahkamasi yig‘ilishlarida rus tilida gapirish taqiqlanadi. Bu haqda «Reuters» xabar tarqatgan.
«Qozoqchani yaxshi bilmaydigan ko‘plab vazirlar ruscha gapirishni afzal ko‘rishiga qaramasdan seshanba kunidan boshlab Qozog‘iston Vazirlar mahkamasi yig‘ilishlarida rus tilida so‘zlashish taqiqlandi», — deyiladi xabarda.
Nursulton Nazarboyevning o‘zi har ikki tilda erkin so‘zlashadi. Ko‘plab qozoqlar, ayniqsa, ona tilini yaxshi bilmaydigan yuqori mansabli shaxslar rus tilida so‘zlashishadi.
Ma’lumki, 20-fevral kuni Qozog‘iston prezidenti lotin yozuviga asoslangan yangi tahrirdagi milliy alifboni tasdiqlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter