Mudofaa vazirligi tizimida yirik tayinlovlar amalga oshirildi
![Mudofaa vazirligi tizimida yirik tayinlovlar amalga oshirildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1427813031.jpg)
Mudofaa vazirligi tizimida qator yirik tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.
Prezidentning tegishli hujjatlariga asosan:
Norboyev Alisher To‘xtayevich hamda Bozorboyev Zoirjon Gulimmatovich Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Bunga qadar Alisher Norboyev Qurolli Kuchlar Bosh shtabi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i – artilleriya qo‘mondoni, Zoirjon Bozorboyev esa Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Ziyaboyev Farrux Nortojiyevich Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari – Operativ bosh boshqarmasi boshlig‘i;
Shermatov Farhodjon Ortiqovich Qurolli Kuchlar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni;
Xamrayev Abdulla Adxamovich Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter