Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini muvaffaqiyatli referendum bilan tabrikladi

Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini muvaffaqiyatli referendum bilan tabrikladi

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari Qozog‘iston Prezidentini muhim siyosiy tadbir – mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.

Shuningdek:

  • O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash;
  • oliy darajada erishilgan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik;
  • mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘istonda konstitutsiyaviy referendum o‘tkazilgan va aholi o‘zgarishlarga qarshi emasligini bildirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring