Mirziyoyev onkologiya tibbiyot markazi loyihasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili onkologiya tibbiyot markazi loyihasi bilan bir necha bor tanishib, qator topshiriqlar bergan edi. Bugun shu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Markaz binosi 10 qavatli, 650 o‘rinli bo‘ladi. 16 ta jarrohlik xonasi, 45 bemorga mo‘ljallangan reanimatsiya xonasi, davolash va tashxis bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, kuniga 100 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega statsionar faoliyat yuritadi. Bugungi kunda binoning poydevorini tayyorlash boshlangan.
Davlat rahbari markazni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bunda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter