Makron qiz bolalarning savodini chiqarishda Nigerga yordam beradi
Niamey shahridagi tashrifi davomida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatga 15 million yevro miqdorida investitsiya kiritishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Yevropa 1» radiosi axborot xizmati.
Shanba kuni Nigerga tashrif buyurgan prezident Makron Fransiyaning Niger davlatiga yosh qizlarning savodlilik darajasini oshirishda moliyaviy jihatdan yordam berishini aytib o‘tgan. O‘z navbatida, Niger davlati erta turmush va erta homiladorlikning oldini olish maqsadida ham qizlarning savodli bo‘lishidan manfaatdor. Fransiya 15 million yevrolik yangi dasturni ishga tushirishga tayyor, bundan tashqari yana bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat uchun, eng katta muammo bu demografik muammodir. Mamlakat prezidenti Muhammadu Yusufuning so‘zlariga qaraganda, mamlakat aholisi har yili 4 foizga oshmoqda va har bir onaga 7 farzand to‘g‘ri keladi. Bu esa dunyo bo‘yicha rekord hisoblanadi. Agar shu taxlit davom etsa, Niger aholisi har 18 yilda ikki baravar o‘sadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter