Konstitutsiya loyihasining muhokama muddati uzaytirildi
Konstitutsiya loyihasi muhokamasi uzaytirilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida aytilgan.
Majlisda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqishgan.
Unga ko‘ra, qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirilgan. Avvalgi muddat 5 iyulgacha edi.
Deputatlar O‘zbekiston prezidenti, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari hamda Qoraqalpog‘iston faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirilgan takliflarni inobatga olish zarur deb topishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter